Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) yilning eng yaxshi afrikalik futbolchisi mukofotiga nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi. Kontinentning eng kuchli o'yinchisi unvoni uchun 10 sportchi kurash olib boradi. Ularning ismlari quyida keltirilgan.
Amad Diallo («Manchester Yunayted», Kot-d’Ivuar), Yoan Vissa («Nyukasl Yunayted», DR Kongo), Pap Gaye («Vilyarreal», Senegal), Sadio Mane («Al-Nasr», Senegal), Tebokho Mokoena («Mamelodi Sundowns», Janubiy Afrika), Antuan Semenyo («Manchester Siti», Gana), Ismael Saibari («Bavariya», Marokash), Ashraf Xakimi («PSJ», Marokash), Braim Dias («Real», Marokash), Ismaila Sarr («Kristal Pelas», Senegal).
G'olib 7 dekabrda e'lon qilinadi. O'tgan yili Afrikada eng yaxshi futbolchi unvonini «PSJ» dan marokashlik himoyachi Ashraf Xakimi qo'lga kiritgan edi.
