«Monako» o'z hujumchisi Folaring Balogunni qanchaga sotishi mumkinligini ma'lum qildi.
L'Equipe ma'lumotlariga ko'ra, amerikalik hujumchiga ikki Angliya Premer-ligasi klubi — «Nyukasl» va «Tottenxem» qiziqmoqda. «Tottenxem» allaqachon dastlabki aloqalar o'rnatdi va bitim narxi taxminan 60 million evro atrofida bo'lishi mumkinligini aniqladi.
Shuningdek, Balogunga turklarning «Galatasaray» klubi va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 43 marta maydonga tushib, 19 marta raqiblar darvozasi tomon to'p kiritdi va besh marta hamkorlariga assistentlik qildi.
