«Napoli» «Chelsi» bilan markaziy himoyachi Benoa Badyasilning transferi shartlari bo‘yicha kelishishga harakat qiladi.
Bugun, payshanba kuni, klublar o‘rtasida yangi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi insayder Nikolo Skira eksklyuziv hisobotida. Neapolitanlar fransuzni 20 million evro evaziga ijaraga olishga tayyor, o‘z navbatida «ko‘klar» 30 million evro so‘ramoqda. Manbaning taxminiga ko‘ra, tomonlar 25-27 million evroda kelisha olishlari mumkin, yana 3 millionni «partenopiyaliklar» ijaraga to‘laydilar.
O‘zi Benoa Badyasil «Napoli»ga o‘tishga rozilik berdi. O‘tgan mavsumda 25 yoshli futbolchi «Chelsi»da barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda qatnashdi, natijaviy harakatlar ko‘rsatmagan.
