Yangi o‘yinchi «Manchester Siti» Elliot Anderson jamoasidagi o‘rni haqida savolga javob berdi.
«Men hali Enzo Mareska bilan juda ko‘p muloqot qilmadim. O‘zimning rolimni kelasi hafta bilaman. Lekin, o‘ylaymanki, murabbiy meni boksdan boksga pozitsiyasida ko‘rayapti. Men himoya va hujumda yaxshi o‘ynay olishim mumkin», — dedi Anderson Hayters TV bilan bo‘lgan intervyusida.
Yozgi transfer oynasida «Manchester Siti» 23 yoshli Andersonni «Nottingem Forest»dan 135 million evro evaziga sotib oldi.
O‘tgan mavsumda yarimhimoyachi barcha turnirlar bo‘yicha 50 o‘yinda maydonga tushib, to‘rt gol urdi va beshta golli uzatma berdi.
