Londondagi «Chelsi» 23 yoshli hujumchi Liam Delapni bir yil ichida sotishga tayyor. Bu haqda jurnalist Sem Tabuto xabar bermoqda.
Agar manbaga ishonilsa, «ko'klar» Delap uchun 58,5 million evro takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Hozirda hujumchiga «Everton» va «Nottingem Forest» qiziqish bildirmoqda.
O'tgan yozda «Chelsi» Delapni «Ipsvich»dan 35,5 million evro evaziga sotib oldi. Londondagi klubda u barcha turnirlarda 41 uchrashuvda qatnashib, ikki gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Delapning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha davom etadi.
