Himoyachi «Tottenhem» Kristian Romero Madridning «Atletiko» klubida faoliyatini davom ettiradi.
Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi. Klublar 28 yoshli argentinalik futbolchini sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdilar. Bitimning umumiy summasi bonuslar bilan birga 40 million yevroni tashkil etadi. O'z navbatida, Romero «matraschilar» bilan shartnoma tuzishga rozi bo'lgan.
Romero 2021 yildan beri «Tottenhem»da o'ynaydi. Londondagi jamoa tarkibida argentinalik Evropa Ligasini yutgan. U «shporlar» safida jami 156 o'yin o'tkazib, 13 marta gol urgan va yetti marta jamoa do'stlariga assistentlik qilgan. Uning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.
