«Arsenal»ning stolida hujumchi transferi bo‘yicha katta taklif turibdi. «Galatasaray» Gabriele Martinelli uchun 45 million yevro taklif qildi. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda yozdi.
Hozirgi kunda Martinelli «Galatasaray»ning yozgi transfer bozoridagi ustuvor maqsadi hisoblanadi.
Muxtasar Transfermarkt portali 25 yoshli Gabriele Martinellini 45 million yevroga baholamoqda. Braziliyalik futbolchining «Arsenal» bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha davom etadi.
«Arsenal» safida Martinelli 278 o‘yinda 62 gol urdi va 36 golga uzatma berdi.
