Angliya futbol jamoatchiligi 26 yoshli yarim himoyachi Esek'iel Uilyamsning o'limi bilan shokda, u Londondagi yarim professional klub «Hendon»da o'ynagan.
2-noyabr, dushanba kuni, futbolchi Milton-Keyns shahrining markazida sodir bo'lgan hujum natijasida og'ir jarohatlar olib, shifoxonada vafot etdi. Qotillik bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan; so'nggi bir necha soat ichida politsiya uch nafar erkakni hibsga oldi: ikkitasi qotillikda gumon qilinayotgan bo'lsa, yana biri jinoyatchiga yordam berishda gumon qilinmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, hujum erta tongda, yakshanba kuni, Midsammer-bulvar ko'chasida sodir bo'lgan.
