Himoyachi «Tottenhem» Djed Spens milanlik «Inter»da faoliyatini davom ettiradi.
Bu haqda taniqli jurnalist Fabrizio Romano o'z sahifalarida xabar berdi. Uning ma'lumotlariga ko'ra, klublar 26 yoshli ingliz futbolchisi transferi bo'yicha kelishuvga erishgan. Bitimning umumiy summasi 31,5 million evroni tashkil etadi. O'z navbatida, Spens ham «Inter»ga o'tishga to'liq rozilik bergan. Tomonlarga bitimni rasmiylashtirish qolmoqda.
Spens 2022 yilning yozidan beri London jamoasi safida o'ynaydi. Umuman olganda, u klubda 85 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Futbolchining bozor qiymati 40 million evroga baholanmoqda.
