Avvalgi Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham «Manchester Yunayted»da ishlashdan bosh tortdi. Bu haqda The Mirror xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubi Deshamga jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Maykl Karikni almashtirish taklifini bergan, ammo fransuz mutaxassisi bu ishga qiziqmasligini aytib, rad javobini bergan.

Shuningdek, «Manchester Yunayted»ning qisqa ro'yxatida Unai Emeri va Yulian Nagelsmann qolmoqda, lekin birinchi o'rinda avvalgi «Nyukasl» murabbiyi Eddi Hov turibdi.

«Manchester Yunayted» Angliya Premyer Ligasi reytingida 17-o'rinda bo'lib, to'qqiz turda atigi yetti ochko to'plagan.