«Chelsi» yarim himoyachisi Enzo Fernandesning «Manchester Siti»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar kuchaymoqda.
«Shaharchilar» Rodrini «Barselona»ga sotishdan keyin o‘rta chiziqni kuchaytirmoqchi. Jurnalist Sesar Luis Merlo xabar berishicha, Fernandesning atrofidagi odamlar «Siti»ning niyatlaridan xabardor va o‘zi ham taklifni eshitishga tayyor. Asosiy to‘siq esa «ko‘klar» tomonidan belgilangan katta narxdir.
«Manchester Siti» tezda transferni rasmiylashtirishni xohlaydi, lekin bu oson bo‘lmaydi. Avvalroq, Enzo Mareska shaxsan bu transferda qiziqish bildirgani ma’lum bo‘ldi, u o‘z vaqtida «Chelsi»da Fernandes bilan ishlagan.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, 25 yoshli argentinalikning narxi 100 million evro deb baholangan.
