«Liverpul»ning kapitani Virgil van Deyk o'zining 2026/2027 yil oxirigacha davom etadigan shartnomasi bilan muammoga duch kelmoqda.

El Nacional xabariga ko'ra, van Deyk «Barselona»ga o'tishni va karerasini tugatishdan oldin u yerda bir yoki ikki yil o'ynashni xohlaydi. Niderlandiyalik futbolchi «Kamp Nou»ga erkin agent sifatida o'tishi mumkin.

Shuningdek, xabarda «Liverpul» «Barselona»dan Ronald Araujoni 55 million evroga sotib olish imkoniyatidan foydalanishi mumkinligi ta'kidlangan. Biroq, bu ikki klub o'rtasidagi bitimlar bir-biri bilan bog'liq bo'lmaydi, chunki Virgil van Deykning shartnomasi tugaydi.

Kelasi yozda van Deyk 36 yoshga to'ladi.