Yarim himoyachi Manor Solomon «Tottenhem»ni tark etib, «Vest Xem»da o'z karerasini davom ettiradi. O'yinchining o'tishi haqida ma'lumotni «shporlar»ning matbuot xizmati e'lon qildi.
Londondagi klublar israilli futbolchini to'liq transfer qilish bo'yicha kelishuvga erishdilar. Shartnoma tafsilotlari haqida boshqa ma'lumotlar berilmagan.
Solomon 2023 yil yozida «Tottenhem»ga qo'shilgan. Uning jamoada birinchi mavsumi tizzasidagi jarohati sababli erta tugagan. Keyinchalik futbolchi «Lids», «Vilyarreal» va «Fiorentina»da ijarada o'ynadi. Umuman olganda, «Tottenhem»da Solomon oltita o'yinda qatnashib, ikki gol urdi va bir assist berdi.
