Zashitnik Mikki van de Ven yangi shartnoma imzoladi va u «Tottenhem» bilan kelishuvni yangiladi.
Bu haqda Londondagi klubning matbuot xizmati ma'lum qildi. Yangi shartnoma 5 yilga mo'ljallangan.
- Yangi shartnoma imzolash - bu men va oilam uchun alohida bir lahza va g'urur manbai. Men «Tottenhem»ni bu yerda birinchi kunimdan sevib qoldim. Klubni va muxlislarni sevaman, bu yerda futbolchi sifatida juda katta o'sish qildim. Jamoaning qaysi yo'nalishda harakat qilmoqchi ekanligini tushunaman va men bu jarayonda ishtirok etishni xohlayman, - dedi futbolchi klubning matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Zashitnik Londondagi jamoada 2023 yil avgustidan beri faoliyat yuritmoqda. Umuman olganda, gollandiyalik 96 ta o'yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va uchta assist berdi.
