«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandesning «Barselona»ga o‘tishi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo‘ldi.

Mashhur insayder Nikolo Skira xabar berishicha, kataloniyalik klub tez orada bitimni yakunlashga ishonmoqda. Manbaga ko‘ra, «ko‘k-qizillar» Rodri transferini kelasi hafta ichida yakunlamoqchi. Ispan futbolchisi bilan 2030 yilgacha 15 million evro maosh bilan shartnoma tuzilgan.

O‘tgan mavsumda 30 yoshli Rodri barcha musobaqalarda 33 uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasi tomon ikki marta zarba berdi. Futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi.

«Barselona» Rodri transferida o‘z futbolchisini bitimga qo‘shmoqchi