«Kristal Pelas» klubi yarim himoyachi Aadam Uortonning sotilishi orqali qancha daromad olishni xohlayotganini ma'lum qildi.
CaughtOffside ma'lumotlariga ko'ra, 22 yoshli o'yinchiga «Real» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirmoqda, ammo hozirda eng jiddiy da'vogar «Chelsi» hisoblanadi. «Qushlar» yarim himoyachini 100 million yevro deb baholamoqda — bunday yuqori talablar muzokaralarning rivojlanishiga to'sqinlik qilmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Aadam Uorton barcha musobaqalarda 53 uchrashuvda maydonga tushdi, 1 gol urdi va 7 assist yozdirib qo'ydi.
