Argentinalik yarim himoyachi «Liverpool»dan Aleksis Mak Allister «Manchester Siti»da faoliyatini davom ettirishi mumkin. Buni jurnalist Mett Tilen xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «shaharchilar» Mak Allisterning vakillari bilan bog'lanib, mumkin bo'lgan transferni muhokama qilishgan. Da'vo qilinishicha, ingliz klubi yozda Rodri Ernandesning ketishi holatida 27 yoshli yarim himoyachini sotib olishga harakat qilishi mumkin.
O'tgan mavsumda Mak Allister barcha musobaqalarda 55 uchrashuvda ishtirok etib, beshta gol urdi va yettita golli uzatma berdi.
Yarim himoyachining «Liverpool» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
