«Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopes Ronald Arauho'ning «Liverpul»ga o'tishi haqida savolga javob berdi.

Urugvaylik himoyachi kelgusi mavsumni inglizning top-klubida ijarada o'tkazadi. «Qizillar» 27 yoshli futbolchining ijarada bo'lgan davridagi barcha maoshini to'laydi.

«Ronald – bizning kapitanimiz, u bilan yaxshi munosabatlarim bor. U o'zining rivojlanishini davom ettirish uchun bu qarorni qabul qilganiga ishonaman», – deydi Fermin Lopes The Touchline'ga bergan so'nggi intervyusida.

Arauho Xans-Diter Flik boshqaruvidagi «sine-granatoviylar»ning asosiy tarkibiga kirmagan. «Liverpul» bilan tuzilgan ijarada sotib olish opsiyasi ham mavjud bo'ladi.