«Chelsi» «Rayo Valekano»dan chap himoyachi Pep Chavarrini transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

«Ko‘klar» 28 yoshli futbolchi uchun 19 million evro to‘laydi, yana 2 million evro Madrid klubiga bonus sifatida to‘lanishi mumkin, deb xabar bermoqda insayder Fabrizio Romano. Tez orada ispaniyalik Angliyaga uchib borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi.

Ma’lumki, Pep Chavarrining transferini London jamoasining yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso shaxsan talab qilgan. O‘tgan mavsumda lateral 41 uchrashuvda «Rayo Valekano» uchun bitta gol urdi va ikki golli uzatma berdi.