Londondagi «Arsenal» Viniyus Juniorning madridlik «Real» bilan shartnomani uzaytirish qarorini xafa bo‘lib qabul qildi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
«Albatta, biz xafa bo‘ldik, lekin bunday natija mumkinligini tushungan edik. Viniyus hech qachon bizning yagona variantimiz bo‘lmagan. Biz boshidan boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqqan edik va buni davom ettirmoqdamiz», - dedi «kanonirlar» vakili.
Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» Viniyusning vakillari tomonidan belgilangan moliyaviy talablarni qondirishga tayyor edilar va futbolchini APLda karerasini davom ettirishga ishontirish uchun haqiqiy harakatlar qilishdi.
Viniyus bilan muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, «Arsenal» boshqa chap qanot hujumchilari ustida diqqatni jamlashni rejalashtirmoqda. Asosiy variantlar qatorida «PSJ» futbolchilari Bradsli Barkola va Ibraim Mbaye, shuningdek, «Atletiko» Bilbao qanot o‘yinchisi Niko Uilyams bor. Klub, shuningdek, madridlik «Atletiko» futbolchisi Xulian Alvaresni qo‘lga kiritish g‘oyasidan voz kechmagan.
