Londonning Arsenal jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Nyukasl» yarimhimoyachisi Bruno Gimarayesning tez orada transfer qilinishi haqida fikr bildirdi.
«Kanonirlar» allaqachon «sorokalar» va o'zining braziliyalik futbolchisi bilan kelishuvga erishgan. Chorshanba kuni futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi – yaqin kunlarda transfer haqida rasmiy e'lon qilinadi.
– Gimarayesning «Arsenal»ga o'tishini tasdiqlay olasizmi?
– Men har qanday yangilikni muhokama qila olmayman. Do'stlar, ba'zan sizlar hamma narsani mendan oldin bilib olasiz. Men nima bo'layotganini bilmayman!
– U yaxshi kuchaytirish bo'lardi.
– Men «Arsenal»ga tegishli bo'lmagan futbolchilar haqida gapira olmayman, – deya Artetaning so'zlarini keltiradi afcstuff.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli yarimhimoyachi Londonning katta jamoasiga 87 million evrodan ko'proqqa tushishi mumkin.
