«APL»ga qaytgan «Hull Siti» Gretsiya terma jamoasining darvozaboni Konstantinos Tsolakisini «Olimpiakos»dan sotib olgani haqida e'lon qildi.
23 yoshli darvozabon «tigrlar» bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Bitimning summasi rasmiy ravishda oshkor qilinmagan. BBC Sport ma'lumotlariga ko'ra, transfer taxminan 23 million evro va bonuslarni o'z ichiga oladi. Ushbu o'tish «Hull Siti» tarixidagi rekord bo'ladi. Oldingi rekord 2016 yilda o'rnatilgan bo'lib, jamoa «Tottenxem»ning yarim himoyachisi Ryan Meyson uchun 15 million to'lagan.
Tsolakis o'zining butun professional karerasini «Olimpiakos»da o'tkazdi. 2020 yildan beri u 131 ta o'yin o'tkazib, 8 ta sovrin qo'lga kiritdi, ulardan 4 tasi Gretsiya chempioni unvoni va Konferensiya ligasida g'alaba.
Yevropa muvaffaqiyatidan so'ng, «Olimpiakos»da darvozabon o'z mamlakat terma jamoasida debyut qildi va hozirgacha 9 ta o'yinda maydonga tushdi.
