Markaziy himoyachi «Atalanta»dan Djordjo Skalvini «Manchester Yunayted»ning qiziqish doirasiga tushdi.

«Qizil jinnilar» vakillari italiyalik futbolchining o‘sishini kuzatib bormoqda va kelajakda uning transferini ko‘rib chiqishmoqda, deb xabar beradi Transfer News Live jurnalisti Djyems Dakerga tayanib. Angliya klubida 22 yoshli markaziy himoyachining o‘yinidan hayratda qolishgan, ammo hozircha rasmiy takliflar kelib tushmagan.

Djordjo Skalvinining bozor qiymati, Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, 38 million evro, uning shartnomasi 2028-yilgacha davom etadi. Futbolchiga qiziqayotgan boshqa klublar orasida «Chelsi» ham bor.