«PSJ»ning qanot o'yinchisi Ibraim Mbaye o'z karerasini «Liverpul»da davom ettirishga qaror qildi. Ingliz klubi 18 yoshli futbolchini qo'lga kiritish ustida ishlamoqda, deydi jurnalist Fabrice Hawkins. O'z navbatida, senegallik o'yinchi «qizillar» safiga qo'shilishni juda xohlaydi va shartnomani ma'qulladi.

«Liverpul» shuningdek, parijliklarning boshqa qanot o'yinchisi Bradley Barkolani ham o'z safiga qo'shmoqchi.

Ibraim Mbaye narxi Transfermarkt saytida 30 million evro deb ko'rsatilgan. O'tgan mavsumda «PSJ»ning istiqbolli tarbiyalanuvchisi Luis Enrike boshqaruvidagi jamoa safida barcha musobaqalarda 30 ta o'yin o'tkazib, uchta gol va ikki assist bilan ajralib turdi. Poytaxt klubi mavsumni Ligue 1 va Chempionlar ligasida g'olib sifatida yakunladi.