«Arsenal» va «Nyukasl» yarim himoyachi Bruno Gimaraes transferi bo‘yicha muzokaralarni yakunlashga yaqin.
The Athletic xabar berishicha, tomonlar shartnoma shartlarini deyarli kelishib oldilar va braziliyalik o‘yinchining Londonga o‘tishi yakuniy bosqichda. Yaqin kelajakda futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun ruxsat olishni va Londondagi klubga o‘tishni kutmoqda.
Avvalroq, yarim himoyachi «Nyukasl» rahbariyatiga «Arsenal»da o‘z karerasini davom ettirish istagini bildirgan edi. U «sorok»lar safida 2022 yil yanvaridan beri o‘ynayapti. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 41 o‘yinda maydonga tushib, to‘qqiz marta gol urdi va sakkiz assist berdi.
