Roc Nation agentligi prezidenti Maykl Yormark, «Real»ning hujumchisi Viniyus Junior haqida mish-mishlarni yanada kuchaytirdi.
Goal portalining xabar berishicha, Yormark Londonning Xitrou aeroportiga tushgan paytida suratini e'lon qilib, «London, men kelaman! Oldinga!» deb yozdi.
Albatta, ko'plab futbol ixlosmandlari bu e'lonni Viniyusning «Arsenal»ga transfer muzokaralari bilan bog'liq signal sifatida qabul qilishi mumkin.
Bundan tashqari, Viniyus agentlariga o'zining «Real» bilan shartnomani uzaytirish masalasini tezda hal qilishni so'ragan edi. Braziliyalik hujumchi Madrid klubida qolishni xohlaydi.
