Hujumchi Gonsalo Garciya o'zining tug'ilib o'sgan Madriddagi «Real» klubini tark etib, «Fulxem»ga ko'chib o'tdi.
«Dachniklar» ispan futbolchisi bilan shartnoma imzolaganini 3-avgust, dushanba kuni e'lon qildi. Forvard 12 yil davomida «sutli» tizimida bo'lganidan so'ng, Angliyaga ko'chishga qaror qildi.
«Bolalik orzusi 12 yildan so'ng, endi faqat orzu emas. Men bu futbolkani kiyib, har doim barcha kuchimni berib kelganimdan katta minnatdorchilik va tinchlik hissi bilan ketmoqdaman. «Real» doimo mening bir qismim bo'lib qoladi.
Bu unutilmas lahzalarni men bilan baham ko'rgan va bu ajoyib yo'lni bosib o'tishimga yordam bergan hamma kishilarga rahmat. Ayniqsa, «Real» muxlislariga minnatdorchilik bildiraman – men birinchi kundan oxirgi kungacha sizning sevgilingizni his qildim. Ushbu klub ranglarini himoya qilish mening ulkan g'ururim edi. Hala Madrid!» – deb yozdi Gonsalo Garciya ijtimoiy tarmoqlarda.
22 yoshli futbolchining transferi «Fulxem»ga 40 million evroga tushdi.
