Markaziy yarim himoyachi Deklan Rays «kanonirlar»ning oktyabr oyi eng yaxshi o'yinchisi deb tan olindi. Bu haqda London klubining matbuot xizmati ma'lum qildi.

O'tgan oy Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi beshta o'yinda qatnashib, bir gol urdi va ikki golli uzatmani amalga oshirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazilgan ovoz berishda Rays himoyachi Ezri Konsu, hamda yarim himoyachilar Martin Odegaard va Noni Maduekeni ortda qoldirdi.

Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoa Angliya Premer-ligasida o'n turdan so'ng turnir jadvalida 27 ball to'plab, yetakchilik qilmoqda. Keyingi turda londonliklar Nyukaslga qarshi safarda o'yin o'tkazadi.