Yangi qo'shilgan Chelsi futbolchisi Djordan Xenderson Londondagi klubga o'tishi haqida fikr bildirdi.

- Klubning miqyosi, men chin dildan hurmat qiladigan bosh murabbiy va futbolchilarning darajasi buni imkoniyatni qo'ldan boy bermasligimga sabab bo'ldi. Shuningdek, «Chelsi»ning muvaffaqiyatga erishish va to'g'ri yo'nalishda harakat qilish istagi meni hayratda qoldirdi. O'z navbatimda, men har kuni, maydonda va undan tashqarida, jamoaga va hamkorlarimga yordam berish uchun barcha kuchimni sarflashga tayyorman, - dedi Xenderson klubning matbuot xizmati orqali.

3-avgust kuni «Chelsi» 36 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi. Tomonlar ikki yilga shartnoma imzoladilar.