«Palmeiras» hujumchisi Vitor Roque Angliya Premier Ligasi klublaridan birida o'z o'rnini topishi mumkin, deb xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 21 yoshli futbolchini «Manchester Yunayted» sotib olishi mumkin. Shuningdek, «Chelsi», «Tottenhem» va «Everton» ham o'yinchi uchun kurashayotgan klublar qatorida sanalmoqda.

Evropada Roque «Barselona» va «Betis» safida o'ynagan.

Vitor «Palmeiras»ga o'tgan yili boshida kelgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil dekabriga qadar davom etadi. Braziliyalik futbolchining transfer narxi 38 million evroni tashkil etadi.