Birmingemning «Aston Villa» darvozaboni Dzion Suzuki transfer bozorda katta talabga ega. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Jurnalist ma'lumotlariga ko'ra, yapon darvozaboni Londondagi «Arsenal», «Manchester Siti», «Liverpul», «Real» va «PSJ»ning e'tiborini tortmoqda.
Suzuki o'tgan yozda «Aston Villa»ga «Parma»dan o'tdi. Futbolchi 2031 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Uning transfer narxi taxminan 30 million evroni tashkil etadi.
Hozirgi mavsumda APLda 24 yoshli darvozabon sakkiz o'yinda maydonga tushdi va to'qqiz gol o'z darvozasiga kiritdi.
