Londondagi «Chelsi» jamoasining qanot hujumchisi Deymi Bayno-Gittens qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, 22 yoshli vingerga italiyaning «Roma» jamoasi qiziqmoqda va ular qishda hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Rimliklar o'yinchini ijaraga olishni afzal ko'rishmoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Roma» ro'yxatida Madridning Real jamoasining hujumchisi Endrik va «Frozinoone» jamoasining vingeri Georgiy Kvernadze ham bor.
Ushbu mavsumda Bayno-Gittens faqat ikkita Angliya kubogi uchrashuvida maydonga tushdi va gol urish bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portalida o'yinchining narxi 25 million evro deb baholangan.
