Londondagi Arsenal jamoasining murabbiyi Mikel Ariteta jamoaning yetakchi yarim himoyachisi Deklan Raysning 2026/2027 yilgi mavsumdagi o'yin vaqti haqida fikr bildirdi.

«U haqida xavotirda bo'layotganim yo'qmi? Biz unga o'tgan mavsumdan ko'ra ko'proq e'tibor beramiz. Uning mashg'ulotlardagi ishini hisobga olamiz, unga ko'p e'tibor qaratamiz. Keraksiz narsalarga boshni to'ldirish shart emas. Biz bu mavsumda erishishimiz kerak bo'lgan narsalarga diqqatni jamlashimiz kerak», - deydi ispaniyalik murabbiy The Athletic orqali.

Hozirgi Angliya Premer Ligasi mavsumida 27 yoshli yarim himoyachi to'qqiz o'yinda qatnashdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.