Ataqoqchi yarim himoyachi Rio Ngumoa o'zining hozirgi klubi - «Liverpul»ni yanvar transfer oynasida tark etmaydi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Mersisayd jamoasi 18 yoshli qanot o'yinchisini uzoq muddatli loyihasining muhim qismi deb hisoblaydi. «Qizillar» unga kelgan har qanday taklifni rad etishadi. Matbuotda Ngumoaga Myunxenning «Bavariya»sidan qiziqish bildirilgani haqida ma'lumotlar mavjud.

Rio 2025 yil yozidan beri «Liverpul»ning asosiy jamoasida o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yilning iyun oyida tugaydi. Ngumoaning transfer qiymati 50 million evroga baholanmoqda.