«Manchester Yunayted» rahbariyati hali ham jamoa bosh murabbiyi Maykl Karriqqa o‘rinbosar tanlashda aniq qarorga kelmagan.
Oldinroq, «qizil iblislar» bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod sifatida «Nyukasl»ning sobiq murabbiyi Eddi Hau ko‘rsatilgandi. Ammo, The Independent nashrining xabariga ko‘ra, klub rahbariyatida uning nomzodi bilan bog‘liq fikrlar bir xil emas. Boshqaruvda boshqa nomzodlar — Yulian Naggelsman va Fabiyan Hurtseler haqida ham noaniq fikrlar mavjud.
Shuningdek, «Roma»ga qarshi Chempionlar ligasidagi g‘alaba Karriqqa bo‘lgan bosimni biroz kamaytirdi, shuning uchun klub uni o‘zgartirishda shoshilmayapti.
To‘qqiz turdan so‘ng, «Manchester Yunayted» Premier-ligada 17-o‘rinni egallab, 7 ochko to‘plagan.
