Yarim himoyachi «Manchester Siti» Fil Foden o'zining eng yaxshi holatiga yaqinlashayotganini bildirdi. So'nggi 5 o'yinda 26 yoshli futbolchi 4 gol urdi.
Juma kuni Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Angliyaning Xorvatiya va Ispaniyaga qarshi o'yinlari uchun tarkibni e'lon qiladi. Foden mart oyidan beri terma jamoada o'ynamagan, deb xabar beradi Daily Mail.
«Men u bilan ko'p gaplashmadim. Futbolda ko'tarilishlar va tushishlar bo'ladi, bu esa nazorat qila olmaydigan narsalardan biridir. Faqat yaxshi o'ynashda davom etish kerak. Umid qilamanki, bir kun terma jamoaga chaqiruv keladi», - dedi Foden, Tuxel bilan aloqalar haqida savolga javob berar ekan.
Sentyabrda Foden Manchester derbisida qizil kartochka oldi va shundan keyin bir oydan ko'proq vaqt davomida maydonga tushmadi.
«Shaxsan men bu mavsum menga juda yaxshi o'tayotganini o'ylayman. Albatta, chiqarilish noqulay vaziyat edi, lekin tanaffus menga foyda keldi. Men toza bosh bilan va yaxshi holatda qaytdim. So'nggi paytlarda gol epizodlarida ko'p ishtirok etyapman, shuning uchun juda mamnunman»
4-noyabrda «Manchester Siti» «RB Leypsig» bilan Chempionlar Ligasida o'ynaydi.
