«Arsenal» vinger «Xall Siti» futbolchisi Moxamed Bashir Bellumi bilan qiziqmoqda. Londondagi klub 24 yoshli futbolchining rivojlanishini kuzatmoqda va uning qishki transfer oynasida xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Goal.
O‘yinchiga yaqin manba, Bellumi londondan kelayotgan qiziqishni ijobiy qabul qilayotganini ma’lum qildi. Angliya va Evropada yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan klubga o‘tish, uning karerasida muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Moxamed Bashir Bellumi - Aljir terma jamoasining sobiq futbolchisi Lahdar Bellumining o‘g‘li. U joriy mavsumda 10 o‘yinda 3 gol urdi va 2 assist berdi.
Futbolchining klubi bilan shartnomasi 2029 yilning iyunigacha davom etadi, Bellumining bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 18 million evro deb baholangan.
