Angliya Premer-ligasining to'qqizinchi turidagi oxirgi o'yinda «Everton» mehmon sifatida «Nyukasl»ni mag'lub etdi. «Iriska» jamoasining murabbiyi Devid Moyes g'alabani haqiqatan ham qozonilgan deb hisoblaydi.

«So'nggi paytlarda biz «Nyukasl»ga qarshi bir nechta juda yaxshi o'yin o'tkazdik va yaxshi natijalarga erishdik. Umuman olganda, biz buni haqiqatan ham qozondik deb o'ylayman. Biz raqibdan yaxshiroq ko'rindik va yana bir necha gol urishimiz kerak edi. Natijada, vaziyatni nazorat qilib, g'alabaga erishdik», - deydi mutaxassis BBC Sportga bergan intervyusida.

G'alaba natijasida «Everton» Angliya Premer-ligasining turnir jadvalida yettinchi o'ringa ko'tarildi.