«Manchester Yunayted»ning bosh murabbiyi Maykl Karriq «Chelsi»ga (0:2) qarshi mag'lubiyatdan so'ng izoh berdi.

«Biz birinchi bo'limda hisobni oldinga olib chiqishimiz kerak edi – hamma narsa yaxshi ketayotgan edi. Biz juda xavfli ko'rinayotgan edik. Lekin ikkinchi bo'limda hamma narsa o'zgarib ketdi. Biz keraksiz gol o'tkazib yubordik, keyin esa penalti – vaziyat tanqidiy holatga aylandi. O'yin butunlay o'zgarib ketdi.

Birinci bo'limda yaxshi o'ynadik, sifat bor edi. Ammo ikkinchi bo'limni yaxshi boshlamadik va raqib ishonchni oshirdi. Birinchi gol hal qiluvchi moment bo'ldi», - dedi Karriq TNT Sportsga.

«Manchester Yunayted»ning keyingi o'yini 3-noyabrda «Roma»ga qarshi Chempionlar ligasida bo'lib o'tadi.