«Manchester Yunayted» Chelsiga qarshi 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Natijada, «qizil iblislar»ning barcha turnirlardagi g'alabasiz o'yinlar seriyasi to'qqizta o'yinga yetdi.
O'yin tugagach, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriq intervyu berar ekan, ishdan bo'shatilishni kutmayotganini aytdi. Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, u jamoani keyingi o'yinda «Roma»ga qarshi boshqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
«Manchester Yunayted» 3-noyabr, seshanba kuni «Roma»ni qabul qiladi. O'yin boshlanishi Moskvada soat 23:00 da bo'ladi.
«Manchester Yunayted» Angliya chempionatida 16-o'rinda turibdi.
