Markaziy yarim himoyachi «Brayton» Diego Gomes «Atletiko» Madridga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «matraschilar» 23 yoshli xorvatga qiziqish bildirmoqda, ammo yaqinlashayotgan transfer oynasida o'yinchini sotib olishni rejalashtirmayapti. Gomes — uzoq muddatli maqsad. Ispaniyaning buyuk klubi yarim himoyachining taraqqiyotini diqqat bilan kuzatmoqda, deyiladi xabarda.
Joriy mavsumda Gomes barcha musobaqalarda 12 o'yinda qatnashdi, bir gol urdi va ikki golli uzatma berdi.
Gomesning «Brayton» bilan shartnomasi 2031 yilgacha davom etadi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchini 30 million evroga baholamoqda.
