«Manchester Siti» himoyachisi Rayan Ait-Nuri qishki transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.

Manba ma'lum qilishicha, aljir futbolchisini «Manchester Yunayted», «Everton» va Turinning «Yuventus» klublari sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Afrikalik futbolchining narxi taxminan 50 million evro deb baholanmoqda. Ait-Nurining kelajagi yanvar oyida muhokama qilinadigan asosiy mavzulardan biri bo'ladi.

25 yoshli qanot himoyachisi o'z faoliyatini o‘tgan yilning yozida «shaharchilar» safiga qo'shildi. U ingliz klubi bilan 2030 yilning iyunigacha davom etadigan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.