«Manchester Siti» Raiyan Sherkiga, ikki yevropa klubi qiziqayotgan yarimhimoyachiga narx belgiladi.
CaughtOffside xabariga ko'ra, 23 yoshli fransuzga «PSJ» va Madridning «Real» klublari qiziqmoqda. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, har ikkala klub Sherkini qishki transfer oynasi oldidan kuzatmoqda. «Shahar» o'z futbolchisini 90 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Sherki barcha turnirlarda 13 uchrashuvda ishtirok etdi, 6 marta raqib darvozalarini ishg'ol qildi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Raiyan Sherkining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
