Londondagi Arsenal kapitani Martin Odegaard kelasi yilda yangi muhitga o'tishi mumkin.
O'yinchining kanonirlar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi va klub kelishuvni uzaytirishga qiziqish bildirgan. Sky Sport ma'lumotlariga ko'ra, agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, Londondagi katta klub norvegiyalikni kelasi yozda sotishga majbur bo'ladi, aks holda u bir yildan so'ng erkin agent sifatida ketishi mumkin. Bunday holatda, o'yinchi, ehtimol, Bavariyaga o'tishni afzal ko'radi, deya ta'kidlaydi manba.
Munhenliklar Odegaardning Arsenaldan ketishi holatida asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda. Avvalroq, 27 yoshli futbolchiga PSJning ham qiziqishi bo'lgan.
