«Liverpul» Lamina Kamara bilan bog‘liq masalalarda uning agentlari bilan aloqaga chiqdi va klubga futbolchining kelajakdagi rejalaridan xabardor qilishni so‘radi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 22 yoshli senegallik futbolchining yanvar oyida boshqa klubga o‘tishi mumkin emas. «Liverpul» futbolchini kelasi yozda transfer qilish imkoniyatini o‘rganmoqchi.

O‘tgan yozgi transfer oynasida Kamara 55 million evro evaziga «Chelsi»ga o‘tishi mumkin edi, ammo natijada transfer amalga oshmadi. Londondagi klub futbolchini kelajakda qo‘lga kiritish umidini yo‘qotmayapti.

Joriy mavsumda Kamara 12 o‘yinda 2 gol urdi va bitta assist berdi.