Avvalgi kapitan «Manchester Yunayted» Roy Kin «qizil iblislar» bosh murabbiyi Maykl Karik haqida fikr bildirdi.

«Men uning «Bournemouth» bilan o'yindan so'ng ishdan bo'shatilishini kutgandim. Birinchi kundan biz Karik bu ish uchun yetarli emasligini aytganmiz. O'tgan mavsumda Maykl bir nechta o'yin o'tkazdi va bosh murabbiy bo'ldi. Ko'pchilik uning o'tgan mavsumdagi natijalari uchun ish berish kerakligini ta'kidlagan. Hozir esa u natija ko'rsata olmayapti, lekin odamlar direktorlar kengashini ayblashmoqda», - deydi irlandiyalik futbolchi The Touchline akkauntida.

So'nggi APL o'yinida «MYU» o'z uyida «Bournemouth» ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Jamoa hozirda jadvalda faqat 17-o'rinda turibdi.