«Bavariya» kuzatuv kengashining a'zosi Uli Hyoness Florian Virtsning o'tgan yili amalga oshmagan transferi haqida fikr bildirdi.
Munxenliklar o'sha paytda «Bayer»ning yulduzi uchun kurashda favorit hisoblangan, ammo futbolchi «Liverpul»ga o'tishni tanladi.
– Orqaga nazar tashlab, siz Virdzning o'tgan yili «Bavariya»ga o'tmaganidan xursandmisiz?
– Yo'q, chunki Florian bizda «Liverpul»dagidan ancha yaxshi o'ynardi. Men uning ko'p o'yinlarini tomosha qilaman. Ularni Virdzni to'g'ri integratsiya qila olishmadi, chunki «Bayer»da barcha hujumlar uning atrofida qurilgan, ammo «Liverpul»da u ko'pchilikdan biri bo'lib qoldi, – deydi Hyoness Bayern & Germanyga.
Florian Virtsning transferi Merseysayd jamoasiga 125 million evroga tushdi.
