«Ipswich»ning bosh murabbiyi Gari O’Nil «Nottingham Forest»ga qarshi o‘yindan so‘ng izoh berdi. APLning sakkizinchi turidagi boshlang‘ich o‘yinda g‘olib aniqlanmadi – 1:2.

«Bizga kurashish va o‘zimizni ushlab turish kerak edi. Qiyin sharoitda og‘ir o‘yinda o‘ynadik. To‘p bilan o‘ynashimiz yetarlicha yaxshi emasdi, natijada «Nottingham Forest» uzun uzatmalar orqali o‘yinni nazoratga oldi. Biz ham shunga o‘xshash javob berishga harakat qildik», - deydi murabbiy BBCga.

«Bu yaxshi jamoa, lekin biz birinchi bo‘lib gol o‘tkazdik va qaytishga muvaffaq bo‘ldik. Futbolda g‘alaba qozonishning turli yo‘llari bor, bugun biz birlashib, xarakter ko‘rsatdik. Ikkinchi taymda bir ochko olish va gol o‘tkazmaslik uchun katta ish qildik».

Musobaqa maqsadlari haqida:

«Bizda aniq maqsad yo‘q. Albatta, biz APLda ikkinchi mavsumda qolishni xohlaymiz, lekin iloji boricha yuqori o‘rinda tugatishga harakat qilamiz. O‘yin oson bo‘ladi deb o‘ylaydiganlar, bugungi o‘yinni qayta ko‘rishlari kerak».

«Ipswich» 10 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda turibdi.