Milanning «Inter» klubida o'ynayotgan yarimhimoyachi Andi Diuf bir nechta evropalik top-klublarning diqqat markazida, deb xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli futbolchini Londondagi «Arsenal», Kataloniyaning «Barselona», «Chelsi» va «PSJ» sotib olishga qiziqish bildirgan. Fransiyalik yarimhimoyachining transfer narxi 30 million evro deb baholanmoqda. Diufning «neradzurri» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyida tugaydi.

Hozirgi mavsumda Italiya chempionatida yarimhimoyachi olti uchrashuvda qatnashib, uchta gol urdi.