Dortmundning Feliks Nmecha yarimhimoyachisi Angliya Premer-ligasida bir nechta ish takliflariga ega, deydi jurnalist Ekrem Konur.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli nemis futbolchisini sotib olishga Manchester Yunayted, Liverpul va Londondagi Tottenhem qiziqmoqda. Klublar o'yinchining chiqishlarini diqqat bilan kuzatmoqda.
Nmechaning shartnomasida 80 million evro miqdorida to'lov summasi belgilangan. Bu summa iyun oyining oxirigacha amal qiladi.
Feliksning amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha davom etadi. U Dortmund jamoasining ranglarini 2023 yil iyulidan himoya qilmoqda.
